Yangi ERP va
raqamli loyihalar
Billz’dan yangi ERP’ga o‘tamiz. Undan keyin — Customer Loyalty App, online do‘kon, yangilangan tahlil va AI. O‘tish davrida 57 do‘kon ishi bir kun ham to‘xtamasligi kerak. Quyida — har bir loyiha, uning maqsadi va mening rolim.
Yangi ERP tizimiga o‘tish
ERP — savdo, ombor, moliya, ta’minot va hisobotni bitta tizimda yuritadigan dastur. Billz hozirgi hajmimiz uchun yetarli emas — kompaniya keyingi bosqichga kuchliroq tizim bilan o‘tadi. Nomzodlar uchta, tanlov hali ochiq: demo’ga emas, o‘z jarayonlarimizdagi sinovga qarab hal qilamiz. Loyihaning Head PM’i sifatida tanlovdan go-live’gacha jarayonga men javob beraman.
Tanlovdan go-live’gacha
Tanlov
Tizimni kassa, ombor va hisobotlarimizda sinab tanlaymiz. Narx, mahalliy support va Billz’dagi ma’lumotlarga mosligi hisobga olinadi. Har bir nomzod bo‘yicha kuchli va zaif tomonlar jadvali tuziladi.
Konsalting nazorati
Konsultant o‘z rejasini olib keladi, uni bizning manfaatga moslashtiraman. Har bosqich natijasi tekshirilib qabul qilinadi. Muddat va byudjetdan chetlashish darhol muhokamaga chiqariladi.
Data migration
Necha yillik savdo, ombor va mijoz tarixi yangi tizimga to‘liq ko‘chadi. Ko‘chirishdan oldin ma’lumotlar tozalanadi, keyin eski va yangi tizim raqamlari solishtiriladi — farq bo‘lmasligi shart.
O‘qitish
Kassirdan buxgaltergacha har bo‘lim uchun trening va yo‘riqnomalar tayyorlanadi. Go-live’dan keyin ham savollar uchun support guruhi ishlab turadi.
Go-live kuni
Avval 2–3 do‘konda pilot, keyin butun tarmoq bosqichma-bosqich o‘tkaziladi. Dastlab ikkala tizim parallel ishlaydi, ortga qaytish rejasi tayyor turadi — savdo to‘xtamaydi.
Asoschi bilan
Byudjet, muddat va tizim tanlovi bo‘yicha qarorlar asoschimiz bilan birga qabul qilinadi. Loyiha holati bo‘yicha muntazam qisqa hisobot berib boraman.
Customer Loyalty App
Mijoz telefoniga o‘rnatib oladigan ilova: bonuslarini ko‘radi, chegirmalardan foydalanadi, yangiliklardan xabar topadi.
App’ni o‘zim yozaman. Data manbasi — Billz, keyin yangi ERP.
Online do‘kon
Hozir savdo faqat do‘konlarda. Website va mobile app orqali butun assortimentni online sotishni yo‘lga qo‘yamiz — bu yangi mijozlar va qo‘shimcha savdo kanali degani.
ERP’dan keyingi imkoniyatlar
Bugungi tahlil Billz beradigan data bilan cheklangan. ERP esa barcha jarayonni qamrab oladi — xarajatdan ta’minotgacha. Shu data asosida ikkita loyiha:
Dashboard 2.0
Hozirgi dashboard asosan savdo ma’lumotlarini ko‘radi. ERP’dan keyin hisobotlar to‘liq data asosida qayta quriladi.
Mijoz uchun AI
AI’ni amaliy, sotuvga bevosita ishlaydigan joylarda qo‘llaymiz.
Trafikni o‘zimiz o‘lchaymiz
Trafik — do‘konga kirgan odamlar soni; konversiya (kirganlardan qanchasi xarid qilgani) shundan hisoblanadi. Hozirgi tashqi servis asosan sanashni qiladi, unda ham xatolar uchraydi. Heatmap, dwell time kabi kuchliroq funksiyalar esa 5 barobar qimmat — har do‘konga oyiga 100–120 dollar. Rejamiz 300 do‘kongacha o‘sish ekan, bu xarajat juda katta bo‘lib ketadi. Shuning uchun o‘z IT jamoamiz bilan o‘zimizniki quramiz.
Savdo va marja uchun
Bular hozirgi rejaga kirmaydi — vaqt bo‘lsa shu yil, bo‘lmasa kelgusi yildan boshlanadi. Avval savdoga bevosita ishlaydiganlari:
Chegirma optimizatsiyasi
Qaysi sekin tovarni qachon va necha foizga arzonlatish — tizim marja yo‘qotmasdan zaxirani tozalash variantini o‘zi taklif qiladi.
RFID inventarizatsiya
Har mahsulotda RFID teg: butun do‘kon hisobi tun bo‘yi emas, ~30 daqiqada va ~99% aniqlikda o‘tadi. Kamomad ham kamayadi.
Video-analitika
Trafik kameralarining o‘zida qo‘shimcha vazifalar: o‘g‘irlikdan ogohlantirish, navbat kuzatuvi. Bitta uskuna — bir necha foyda.
Mijoz fikri (NPS)
Xariddan keyin QR yoki push orqali baho so‘raladi. Har do‘konning xizmat darajasi o‘lchanib, KPI’ga qo‘shiladi.
Operatsiyalar uchun
Ichki jarayonlarni tezlashtiradigan va xatoni kamaytiradiganlari:
Avtomatik to‘ldirish
Qaysi tovar qaysi do‘konga, qachon va qancha — tizim savdo tezligi va qoldiqqa qarab o‘zi hisoblaydi, do‘konlararo transferni ham taklif qiladi.
Ta’minotchi scorecard
Qaysi ta’minotchi haqiqatda foyda keltiradi: sotilish ulushi, qaytarish darajasi, o‘lik qoldiq — hammasi reyting ko‘rinishida.
Ombor TSD app
Omborlarda qabul va yig‘ish skaner orqali: qog‘ozsiz, xatosiz va tez. ERP bilan bevosita ishlaydi.
Joylashuv tanlash
300 do‘kon rejasi uchun: yangi nuqta ochishdan oldin trafik, aholi va raqobat ma’lumotlari asosida baholanadi.
Loyihalar qanday bog‘langan
Har bir loyiha keyingisiga asos bo‘ladi: ERP to‘liq data beradi, data tahlil va servislarni kuchaytiradi — bular esa savdoga ishlaydi.
Yangi ERP
single source of truth
To‘liq data
savdo · ombor · mijoz · moliya
Dashboard 2.0 · AI
Loyalty App · Online do‘kon
qaror va servis sifati
O‘sish
mijozga qulaylik, biznesga natija
E’tiboringiz uchun rahmat
Barcha loyihalar o‘zaro bog‘liq va bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Savol va takliflarga tayyorman.